Главная » 2014 » Mart » 5 » Sardor Rahimxon - Do'st (Qo'shiq matni)
18:14
Sardor Rahimxon - Do'st (Qo'shiq matni)

Avvalo hech kimsani boshiga ish tushmasin
 Ish tushsa boshiga chin do’stlari qochmasin.
Qochlar chin do’stlarin yana bag’rin ochmasin
Do’stni do’st ekanligin ishing tushsa bilarsan

Chin do'stlar yo'g'ingda do'st
yeqilgan chog'inda do'st,
bemor bo'lsang holingdan habar olsa shunda do'st
do’stim yo’q deb kuyinma, izlama hech urunma
hudo bersa dastinga bosgan qadamingda do’st

Davlatingni borida yurar gaping maqulab
  Yoningda hamroh bo’lar hato qilishing yoplab 
Gar qoqilsang yo’lingda kelmaydi bir bor yo’qlab
Do’stni do’st ekanligin ishing tushsa bilarsan
Unday do’stlar shuxrating uzoqdan payqaydilar
Sovg’a-salomlar olib har kuni yo’qlaydilar
Ishonma hech ularga ular do’st bo’lmaydilar
Do’stni do’st ekanligin ishing tushsa bilarsan
Chin do'stlar yo'g'ingda do'st,
yeqilgan chog'inda do'st,
bemor bo'lsang holingdan habar olsa shunda do'st
do’stim yo’q deb kuyinma, izlama hech urunma
hudo bersa dastinga bosgan qadamingda do’st
Ketganida omading yaqin do’stlaring ketar
Yonma-yon bo’lib qolsang o’zin begona tutar
O’ksinmagin ey dilim ular shundayin o’tar
Do’stni do’st ekanligin ishing tushsa bilarsan
Aslida bilsang agar, Yagona do’st Ollox do’st
Yana ota-onang do’st, akang do’stdir ukang do’st
Opang, singling, chin yoring, Sevgan farzandlaring do’st
Do’stni do’st ekanligin ishing tushsa bilarsan
Chin do'stlar yo'g'ingda do'st,
yeqilgan chog'inda do'st,
bemor bo'lsang holingdan habar olsa shunda do'st
do’stim yo’q deb kuyinma, izlama hech urunma
hudo bersa dastinga bosgan qadamingda do’st
Категория: Тексты песен | Добавил: Hazard
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]