Главная » 2015 » Iyun » 10 » Apple Android’dan iOS’ga o‘tishni osonlashtiruvchi dastur ishlab chiqdi
21:25
Apple Android’dan iOS’ga o‘tishni osonlashtiruvchi dastur ishlab chiqdi

Apple ishlab chiquvchilari Android-qurilmalar foydalanuvchilarining iPhone va iPad’ga o‘tishini osonlashtirish yo‘lini o‘ylab topdi, deya xabar bermoqda Engadget.

Bunda iOS operatsion tizimining to‘qqizinchi versiyasida paydo bo‘ladigan Move to iOS dasturi yordam beradi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, simsiz aloqadan foydalanuvchi dastur Google platformasidagi gadjetlardan barcha axborotni osongina ko‘chirib olish imkonini beradi. Bunda gap nafaqat kontaktlar ro‘yxati va SMS-xabarlar haqida, balki fotosuratlar, videolar, veb-zakladkalar, elektron pochta qaydlari haqida ham bormoqda.

Engadget yozishicha, Move to iOS normal ishlashi uchun u Android-qurilmaga o‘rnatilishi kerak. Biroq dastur Google Play’da qachon va qay tariqa paydo bo‘lishi noma’lum.

Manba: Daryo.Uz

 

 

Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]