Главная » 2015 » Mart » 2 » Armanistonlik xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning qo‘shig‘ini ko‘chirgani ma’lum qilindi
18:20
Armanistonlik xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning qo‘shig‘ini ko‘chirgani ma’lum qilindi

2014-yilning “Eng yaxshi xonandasi” sifatida e’tirof etilgan iste’dodli va mahoratli xonandamiz Ulug‘bek Rahmatullayev yana katta shov-shuvlarga sababchi bo‘lmoqda, deb yozadi “Popcorn.uz”.

Ijodkorning haqiqiy ma’noda xitga aylangan “Sog‘inib” nomli qo‘shig‘i bugun chet ellik xonanda tomonidan ko‘chirilganligi ayon bo‘ldi. Armanistonlik Grigoryan Yesayan Vons ismli ijodkor tomonidan kuylangan “Yem kez sirum” qo‘shig‘i ham ommalashishga ulgurdi.

Taronaning tanish ohanglarini eshitgan Ulug‘bek Rahmatullayev qo‘shiqni undan olishganini sezib qolib, avvaliga taajjubga tushgani tabiiy. Biroq ijodkor bu qo‘shiqni salbiy munosabat bilan emas, balki ijobiy hislar bilan qabul qildi. Hattoki, bundan mamnun ekanligini ham bildirdi.

“Bu holat shuni anglatadiki, demak, Ulug‘bek Rahmatullayev nafaqat O‘zbekistonda, balki chet ellarda ham ancha mashhur. Bu esa albatta xonandaning yutug‘idir”− deb yozadi nashr.

Манба:Daryo.uz

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]