Главная » 2015 » Yanvar » 23 » Aviasozlar dehqon bozori yaqinida svetofor qulab tushdi
19:44
Aviasozlar dehqon bozori yaqinida svetofor qulab tushdi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan “Aviasozlar” dehqon bozorida (Kadыsheva) yaqinida svetofor qulab tushdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.

Bu haqda Facebook’dagi “Jamoatchilik nazorati” guruhida kecha, 22-yanvar kuni xabar qilingan. Hozircha svetoforning qulashiga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. Xabar muallifi biror bir avtomobil haydovchisi urib yuborgan bo‘lsa kerak, deb taxmin qilgan.

Ilova qilingan suratlarda esa svetofor yerga qulab yotgan bo‘lsa-da, chiroqlari yonib turganini ko‘rish mumkin. Bu holatga boshqa bir foydalanuchi “asosiysi tik turibmi, yotibmi u ishlab turganini” hazil tariqasida yozib qoldirgan.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]