Главная » 2015 » Yanvar » 16 » Click tizimi orqali soliqlarni to‘lash imkoni ishga tushirildi
16:36
Click tizimi orqali soliqlarni to‘lash imkoni ishga tushirildi

Click kompaniyasi o‘z foydalanuvchilariga yangi bir imkoniyatni – jismoniy va xususiy tadbirkorlar uchun bir qator soliqlarni to‘lash imkoniyatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.

Click kompaniyasi o‘z foydalanuvchilari uchun joriy qilingan imkoniyatlarning yana kengayganligi haqida xabar qiladi. Bugundan boshlab tizimning barcha foydalanuvchilari o‘z mobil telefonlaridan bir qator soliqlarni ishlaridan chalg‘imasdan va istagan paytlarida to‘lashlari mumkin.

Hozirgi kunda quyidagi soliqlarni to‘lash imkoni joriy qilindi: yer solig‘i, mulk solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, qat’iy belgilangan soliq va sug‘urta to‘lovlari. Ushbu soliqlar bo‘yicha to‘lovlarni oshirish uchun yagona *880# USSD-so‘rovi terilishi lozim, undan so‘ng “To‘lovlar” bo‘limiga kirib, “Soliqlar” bandini tanlash kerak.

“Click tizimi orqali soliqlarni to‘lash kabi imkoniyatning bugun ishga tushirilishi bizning foydalanuvchilarimiz uchun navbatdagi juda yaxshi bir yangilik bo‘ldi. O‘ylaymizki, ushbu imkoniyat bizning foydalanuvchilarimizga juda qo‘l keladi va soliq to‘lash kabi muhim va mas’ul vazifada qulay instrument vazifasida ma’qul keladi. Kompaniyamiz to‘lovlarni oshirish uchun imkoniyatlarni kengaytirishga o‘z kuchini doimiy ravishda qaratib kelmoqda, va bundan keyin ham bu yo‘nalishga katta e’tibor beriladi”, − deb ta’kidladi Click kompaniyasining direktori Ulug‘bek Rustamov.

Ushbu loyihaning ishga tushirilishi turli davlat organlari bilan erishilgan yaqin va samarali hamkorlikning navbatdagi bosqichidir, deyiladi xabarda.

Манба:Daryo.uz

Категория: Интересные факты | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]