Главная » 2015 » Yanvar » 20 » iPhone 6 2014-yilda eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi
16:31
iPhone 6 2014-yilda eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

Shvetsiyaning mobil qurilmalar uchun g‘ilof ishlab chiqaruvchi mashhur Krussel kompaniyasi 2014-yil yakunlari bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlar an’anaviy reytingini e’lon qildi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Reyting kompaniyaga turli modellar uchun aksessuarlarga berilgan buyurtmalar soniga qarab tuziladi.

O‘tgan yilning sentabridagina chiqarilgan bo‘lsa-da, 2014-yilda eng ko‘p Apple iPhone 6 smartfoni uchun g‘ilof buyurtirilgan. Ikkinchi o‘rinda esa Sony Xperia Z2 modeli turibdi. O‘tgan yilning eng ommabop smartfonlari uchligini Sony Xperia Z1 Compact yakunladi.

Yuqori o‘ntalikda keyingi o‘rinlarni Samsung Galaxy S5, Sony Xperia Z3 Compact, Xperia Z3, Sony Xperia M2, Apple iPhone 6 Plus, iPhone 5 va Microsoft Lumia 630 egalladi.

Манба:Daryo.uz

Категория: Интересные факты | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]