Главная » 2015 » Fevral » 9 » Jasur Gaipov (Biografiya)
16:51
Jasur Gaipov (Biografiya)

 Jasur Gaipov (1988 yil, 25 — fevralda tug’ilgan) — yurist, qo’shiqchi.
    Jasur Gaipov 1988 yil 25 fevralda Toshkent shaxrida tug’ildi. U oilada eng kichik beshinchi farzanddir. Uning onasi 36 yoshligida Jasurni dunyoga keltirgan. Jasurning onasi pianino yaxshi chalganligi sabbali farzandi ham uni o’rganishini xohlagan. Uning orzulari amalga oshdi. Jasur bolaligidan musiqaga mehr qo’ydi. Uch yoshligidayoq pionino chalishni o’rganib ulgurgan edi. Jasur bolaligidanoq Michael 

Jackson va afsonaviy «Bolalar» guruhini ashulalarini sevib tinglardi va hirgoyi qilardi. U bolaligidan futbol, shaxmat va ashula aytishga qiziqar edi.

    1994 yilda Jasur tog'asi bilan Moskva shaxriga Michael Jacksonning konsert dasturiga yo’l oladi. Ushbu konsert dasturida u Michael Jackson bilan uchrashishga va u bilan suhbatlashishga sazovor bo’ladi. Ular juda qisqa muloqot bo’lib o’tadi.

    Michael Jackson: — Sen menga o’xshashni xohlaysanmi?
    Jasur: — Yo’q
    Michael Jackson: — Nimaga
    Jasur: — Chunki men sizdek bo’la olmayman, siz esa mendek…

     Michael Jackson bu javobni eshitib, baland ovozda kulib yuboradi. Bu kutilmagan uchrashuv Jasurning hayotini o’zgartirib yuboradi.

      Maktabda o’qish davomida u eng faol o’quvchilar qatoriga kiradi va hech bir tadbir u siz o’tmas edi.


     Jasur Gaipov 2004 yilda o’zining «Do’stim» deb nomlangan ilk taronasi bilan san’at olamiga qadam qo’ydi. Yosh bo’lishiga qaramay taronani bor mehri bilan ijro qilgani uchun muhlislar tomonidan iliq kutib olindi va o’zbek shou- biznesi tarixida xalqning nazarida mitti yulduz porlayotkanday edi go’yo. Bu taronadan so’ng Jasurning qalbida ikkinchi olam paydo bo’lgandek, san’atga mehri tobora oshdi. Natijada birin ketin yangidan yangi qo’shiqlar yarata boshladi va aynan shu yil Jasur Gaipov tomonidan: «Kelaqol», «Bu qora ko’zlar», «Bir gap bo’lar», «Tushimda», «Oshiqman», «Kel endi jonim», «Yo’q kerak emas», «Taqdir shu ekan», «Ko’rmadim», «Talpinaman», «Gunoh emasmu» — deb nomlangan taronalarini yaratdi. Xuddi shu yili Jasur o’zining «Do’stim» deb nomlangan ilk albomini va O’zbekiston bo’ylab o’zining ilk galakonsertini omma e’tiboriga taqdim etdi.

2005-yilning sentabr oyida Jasur o’z bilim salohiyati va tirishqoqligi bilan Toshkent davlat yuridik institutiga a’lo baholar bilan ta’lim olish uchun talabalar safiga qabul qilindi.


     2006 yilda u oliygohda o’qish bilan birga ijodini ham davomlab, xorazmcha «Kaytma» deb nomlangan taronasini omma e’tiboriga taqdim etdi. Ko’p o’tmay ushbu taronaning videoklipi yaratildi. Ushbu tarona O’zbekistonga birinchi bo’lib «Rock» oqimini olib kirgan «Rock Qiroli», O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, Jasurning tog’asi Davron Gaipovning repertuaridan olingan edi. Ushbu ijod mahsuli sabab u ko’pgina ijodkorlar, ustozlar va talabalar e’tiborini qozonib ulgurdi.
 

      2007-yil Jasur yangi talqinda «Ya tak xochu k tebe» rus tilidagi taronasini taqdim etdi. Bu tarona ham avvalgi taronalar kabi Jasurga olqishlar olib kelishdi. Shu yili oliygoh tomonidan Jasurga katta mas’uliyat yuklatiladi. «Do’stona bu makon» nomli qo’shiqni yaratadi va institutning gimni sifatida ijro etadi.


      2009-yilga kelib Jasur institutni a’lo baholarga tamomlab, katta hayotga qadam qo’ydi.


     2011 yilga kelib Jasur Gaipov «Men yolg’izman» deb nomlangan yangi taronasini yaratdi. Real voqealarga asoslangan bu ashulaning remix talqiniga iste'dodli klipmeyker Jasur Shametov tomonidan videoklip suratga olindi. Vagiv Zokirov bilan ishlangan “Jim jim” deb nomlangan tarona ham aynan shu yili ommaga taqdim etildi. Aynan shu yil Jasur ijodida juda keskin o’zgarishlar yuzaga keldi. Yoshlikdagi mehr qo’ygan san’atkori Michael Jacksoni xotirasiga bag’ishlab, uning repertuaridan bo’lgan «Give into me» qo’shigini qayta kuyladi. Ushbu tarona esa unga ko’plab olqishlar keltirdi va Malayziyalik mashhur tadbirkorlar nazariga tushdi. «Hard Rock» cafesida aynan ushbu taronani kuylayotganida tinglovchilar orasida Malayziya xalqining mashhur tadbirkori, bir qator taniqli brendlar «Hard Rock Café», «Concorde hotel»ning egasi Tan Sri Syed Yusof (JoJo) uni kuzatib turar edi. Jojo Jasurga o’zining «JoJo Entertainment» firmasi bilan shartnoma tuzishni taklif etadi. Lekin Jasur bu taklifni rad etadi. Chunki uning oldida boshqa maqsad, Amerika Qo’shma shtatlarida ijod qilish turgan edi. Shunda JoJo Jasurni Amerikada ijod qilishi uchun yordam qo’lini cho’zishini aytadi. «JoJo Entertainment» firmasi tarixida ilk bora va ilk loyihani amalga oshirayotgan edi. Jasur bu qarorni qo’llab quvvatlaydi va shu zahoti Amerikaning mashhur yulduzlari bilan bog’lanadi. Shundan so’ng Los Anjelesdagi «Island records» studiyasida Jasur Usher bilan uchrashib, u yerdagi talablar bilan tanishadi va taklifni rad etadi. JoJoga bu xabarni yetkazganidan so’ng, unga Mashhur va taniqli Dunyo bo’yicha shou-biznesi agenti produseri bo’lgan Angliyalik Jimmyning ham takliflarini rad etadi. Sababi shuki, u o’z yurtidan uzoqda, boshqa davlatning shou-biznesida faoliyat yuritishni istamagan edi.


     2012 yil klipmeyker Umid Normurodov bilan birga «Men yolg’izman» taronasiga klip suratga oladi. «Aytmadim» videoklipi ham muxlislarga taqdim etildi. Shundan so’ng u bir necha taronalar ustida ish olib bordi-yu o’zi ko'nikmaganligi sababli ommaga taqdim etmadi. Shu bilan birga u tadbirkorlik faoliyatini ham olib bordi. «MTV AWARDS 2012» galakonsertida Justin Bieber va Katy Perry bilan uchrashadi.


     2013 yilga kelib Jasur shou-biznes olamiga kirishga qat’iy qaror qildi va bunga astoydil kirishdi. «Ayrilaman» taronasi bilan ijodga to’liq qaytdi. Matn va musiqa muallifi Eldor Qayumov, aranjirovkasi Jasur Badalboyevga tegishli. Ana undan so’ng Bobur Umarov bilan hamkorlikda «Kel Kel» taronasini taqdim etadi. Shu bilan birga, Davron Gaipovning repertuaridan joy olgan «To’xta shoshmagin» taronasini qayta ijro qiladi.


    2014 yilga kelib, «Ming Afsus» Zohid bilan hamkorlikda, «Yani», «Bu yomg’ir emas», «Vaqt» «Kerak emas» «Ming afsus» (remix) taronalari va «Kel Kel» videoklipi, omma e’tiboriga taqdim etildi. Qolaversa «Ming afsus» (Remix), «Vaqt» va boshqa qator taronalarga videoklip ishlash rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ingliz tilida ham bir qator taronalar yaratilmoqda. Bugungi kunga kelib Jasur Gaipov uch xil tildagi uchta albom ustida ish olib bormoqda. Ushbu albomni Bobur Umarov, Shahnoz, Jasur Badalboyev, N’Zero (Fazliddin) bilan birga yaratilmoqda.

Категория: Биография звезд | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]