Главная » 2015 » Fevral » 10 » Jeki Channing o‘g‘li ozodlikka chiqdi
13:57
Jeki Channing o‘g‘li ozodlikka chiqdi

Taniqli xitoylik aktyor Jeki Channing o‘g‘li Jeysi olti oylik qamoq jazosini o‘tab, ozodlikka chiqdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Avvalroq Pekinning Dunchen tumani sudi uni giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi shaxslarga joy berishda ayblagan edi. Shuningdek, unga 2 ming yuan (328 dollar) miqdorida jarima ham solingan.

32 yoshli Jeysi Chan 2014-yilning avgustida Pekindagi kvartirasida narkotik moddalarni iste’mol qilishda gumon qilingan shaxslar aniqlangach qo‘lga olingan. Kichik Chan, shuningdek u bilan birga qo‘lga olingan taniqli tayvanlik aktyor Kay Ko marixuana iste’mol qilgani aniqlangan.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]