Главная » 2014 » Noyabr » 27 » Mango guruhi (Biografiya)
16:58
Mango guruhi (Biografiya)

Mango guruhi (Biografiya)

Oybek (Mango guruhi a'zosi).

Ismim: Oybek Mukumov Qurbonovich.

1989 - yil 7 - yanvar kuni Samarqand shahridatug'ilganman. 14 - o'rta maktabda o'qiganman. Iqtisodiyot kasb - hunar kollejining Soliq fakultetini bitirganman. Oilada 4 ta kishimiz.

Farzandlardan: Men va singlim ismi Sevinch.

Dadam: Hamidov Qurbonbek Hamidovich! U kishi san'atkor bo'lganlar hozirda tadbirkorlik bilan shug'illanmoqdalar. Dadamga havas qilib O'zbek shou-biznesiga qadam qo'ydim. 

Oyim: Mukumova Muhayyo Asrorovna! Ular uy bekasi meni eng mehribon onajonim.

Singlim: Mukumova Sevinch Qurbonovna!

Kunimni sportga va studiaga bag'ishlayman.

Yoqtirgan san'atkorlarim: Backstreetboys, Justin Timberlake va M. Jackson.

Yoqtirgan moshinam: Bentley hamda BMW avtomobillari.

Yoqtirgan taomlarim: Osh va oyim pishirgan honimlarini yaxshi ko'raman.

Shou-biznesga ilk qadamim Bayon guruhidagi faoliyatim bilan boshlangan. Afsuski u guruhni tark etishga majbur edim. Guruh ishlari toxtab qolgan edi. Endilikda esa o'zimni yaqin do'stlarim bilan "Mango" guruhida ijoddamiz. Aranjirovka va qolgan pop va rok yo'nalishlaridagi barcha cholg'u asboblarini chala olaman...

 

Azizxon (Mango guruhi a'zosi).

Azizxon Saidumarov Murod o'g'li. 1990 - yil 31 - avgust kuni Toshkent Shahar Yakkasaroy tumani akademik Sirojiddinov ko'chasida dunyoga kelganman.

Yoshligimda futbolga qiziqar edim. Oilada 5 tamiz. Dadam, oyim va yana 2 ta akam borlar.

San'at sohasini tanlashim uchun menga onajonim astoidil yordam berganlar. Man o'z yo'limga qo'ygan qadamimdan hursandman.

Oldimga qo'ygan oliy maqsadim ota - onamni va oila a'zolarimni ko'klarga ko'tarish va eng asosiysi do'stlarimni hursand ko'rish.

2008 - yil O'zbekiston davlat san'at institutiga o'qishga kirganman, va 2012 yil o'qishni bitirganman hozirda O'zbek shou - biznesida "Mango" guruhida faoliyat yuritaman.

Xamdam (Mango guruhi a'zosi).

Men Sobirov Xamdam Bobomurodovich 1989 - yil 6 - yanvarda Navoiy viloyati Navoiy shahrida tug'ilganman.

Shahrimizdagi musiqa maktabini tamomlab... 2 - sonli maktabda 9 - sinifgacha o'qiganman. Keyin San'at va madaniyat kasb-hunar kollejini bitirganman.

2008 - yil Toshkent davlat san'at institutiga Estrada aktyorligi fakultetiga o'qishga kirdim. 2012 - yil o'qishni tamomlab hozirgi kunda Toshkentda san'at sohasida ishlar olib bormoqdaman. Hozirgi kunda O'zbek shou-biznesida "Mango" guruhida faoliyat yuritaman.

Категория: Биография звезд | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]