Главная » 2015 » Mart » 6 » Toshkent metrosining yangilanayotgan vagonlari surati internetda paydo bo‘ldi
22:23
Toshkent metrosining yangilanayotgan vagonlari surati internetda paydo bo‘ldi

Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi foydalanuvchisi Toshkent metrosining yangilanayotgan vagonlaridan birining suratini tarmoqqa chiqardi.
Suratda vagonning tutqichlari yangilangani, eshiklar to‘q sariq rangga bo‘yalganini ko‘rish mumkin. O‘rindiqlar, tom, pol va deraza qismlarida yangilanish hali oxirigacha yetkazilmagani tasvirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metrosining oltita vagoni kapital ta’mirlash va tiklash ishlari uchun ajratilgan bo‘lib, ular yangicha tashqi va ichki ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]