Главная » 2015 » Yanvar » 26 » Toshkentda Germaniyaning Siemens svetoforlari o‘rnatila boshladi
16:07
Toshkentda Germaniyaning Siemens svetoforlari o‘rnatila boshladi

Poytaxtdagi ba’zi chorrahalar Germaniyaning Siemens kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan svetoforlar bilan jihozlana boshladi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabar berdi.

Guruh foydalanuvchilaridan biri yozishicha, bunday svetofor birinchilardan bo‘lib sobiq aviatsiya instituti yonidagi chorrahaga o‘rnatilgan. Muallif dalil sifatida voqea joyidan olingan surat bilan bo‘lishgan. Unda Siemens logotipi tushirilgan ikki chiroqli yassi svetoforni ko‘rish mumkin. Izohlardan birida aniqlik kiritilishicha, u piyodalar uchun mo‘ljallangan.

Postga fikr bildirganlarning ba’zilari yangi svetoforning soyabonsiz ekanligidan norozi bo‘lib, uning quyosh nurlaridan himoyalanmagani, shuning uchun ko‘pga chidamasligini yozgan. Boshqa bir foydalanuvchi esa bunday svetoforlar tuzilishiga ko‘ra soyabonga ehtiyoj sezmasligini, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ular uchun xavfli emasligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, uning yozishicha, ular kuzatuv kameralari bilan umumiy tizimda bo‘ladi.

Ayrimlar bunday Siemens svetoforlarini shaharning boshqa nuqtalarida ham ko‘rganini qayd etib, bular avval e’lon qilingan, Toshkentdagi 160 ta chorrahani tizimli kuzatuv kameralari bilan jihozlash ishlari doirasida o‘rnatilayotganini taxmin qildi.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]