Главная » 2015 » Yanvar » 21 » Toshkentda iPhone 6’ga o‘xshash Meizu MX4 smartfonini 1,4 mln so‘mga xarid qilish mumkin
16:21
Toshkentda iPhone 6’ga o‘xshash Meizu MX4 smartfonini 1,4 mln so‘mga xarid qilish mumkin

O‘zbekiston bozorida Xitoyning Meizu kompaniyasi smartfonlari sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”.

Qurilma 2014-yil avgustida taqdim etilgan bo‘lib, 8 yadroli MediaTek protsessori, 20,7 megapikselli kamera, 3100 mA/s sig‘imiga ega batareya bilan jihozlangan. Korpus plastikdan ishlangan bo‘lib, alyuminiy bilan hoshiyalangan.

Meizu MX4 5,36 dyuym 1920×1152 pikselli IPS-displey, 64 Gb ichki va 2 Gb tezkor  xotiraga ega.

Smartfon o‘lchamlari 75,2×144×7,9 mm, og‘irligi 147 grammga teng. U Android 4.4.4 operatsion tizimida ishlaydi.

Toshkentning “Fleshka” savdo majmuasida Meizu MX4 1,4 million so‘mdan sotilmoqda.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]