Главная » 2015 » Yanvar » 22 » WhatsApp Chrome brauzerlari va Android, Windows, Blackberry smartfonlari uchun veb-kliyentni ishga tushirdi
16:50
WhatsApp Chrome brauzerlari va Android, Windows, Blackberry smartfonlari uchun veb-kliyentni ishga tushirdi

WhatsApp messenjerining Chrome brauzerlari hamda Android, Windows, Blackberry smartfonlari uchun mo‘ljallangan veb-versiyasi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda “Siliconrus.com”.

WhatsApp veb-kliyentidan foydalanish uchun Android, Windows yoki Blackberry’dagi messenjerning so‘nggi versiyasi yordamida web.whatsapp.com sahifasiga qo‘yilgan QR-kodni skanerlab olish zarur. Shu bilan birga, servis ishlashi uchun telefon doimiy ravishda tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak.

Apple platformasi cheklangani tufayli, veb-kliyentni iOS foydalanuvchilari ishlata olmaydi.

Telegram asoschisi Pavel Durov WhatsApp’dagi yangilanishni o‘z Twitter’ida sharhlar ekan, servis hali-hamon 2012-yilda yurganini ta’kidladi.

Манба:Daryo.uz

Категория: Интересные факты | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]