09:03 12-aprel kuni Toshkentda Samsung Galaxy S5 taqdimoti bo‘lib o‘tadi | |
12-aprel kuni soat 17:00 da Toshkentdagi “Turkiston” saroyining yozgi maydonida Samsung Electronics kompaniyasi yangi Galaxy S5 flagman smartfonini taqdim etadi. Bu haqda Samsung kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi. Samsung Galaxy S5 smartfoni taqdimotida kompaniya vakillari tashrif buyuruvchilarga yangi telefonning xususiyatlari va texnologik afzalliklari haqida batafsil ma’lumot beradi. Taqdimotda Experience Zone mavjud bo‘lib, unda tashrif buyuruvchilar nafaqat Galaxy S5, balki Gear Fit va Gear 2 aqlli soatlari bilan ham tanishish va ulardan foydalanib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Taqdimot chiptasining orqasida talon mavjud bo‘lib, uni to‘ldirish uchun Experience Zone’ning barcha bo‘limlariga tashrif buyurish lozim. Namoyish bo‘limlari (Demo Zone) da o‘yin ko‘rinishidagi tanishtiruvlar boshlanadi. Har bir punktda ma’lum yangi funksiyaga tegishli ma’lumotlar beriladi (sovg‘alar ham bor). Talonlariga hamma punktda muhr qo‘ydirgan ishtirokchilar lotereyada qatnashadi. Eng omadli ishtirokchi o‘sha kuni Samsung Galaxy S5 smartfonini yutib oladi. Bundan tashqari, tashkilotchilar tomonidan boshqa maxsus sovg‘alar ham tayyorlangan. Marosimda taniqli xonandalar ishtirokida konsert ham o‘tkaziladi. Shu jumladan, Rossiyaning taniqli xonandasi Vera Brejneva o‘zining O‘zbekistondagi ilk konsertini taqdim etadi. Shuningdek, o‘zbek estradasi vakillari: Munisa Rizayeva, Lola, “Illyuzion” guruhi, DJ Piligrim, DJ Ochil, DJ Petishka va boshqalar o‘zlarining ijod namunalarini tadbir mehmonlariga havola etadi. Tadbirda ikkita DJ battle va raqs battle (bahs)lari tashkil etiladi. Eslatib o‘tamiz, taklifnomalar ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Twitter, Instagram, “Odnoklassniki”)dagi aksiyalarda qatnashganlarga bepul taqdim etildi. Ta’kidlash joiz, yangi Samsung Galaxy S5 mukammalashgan kamera, ma’lumotlarni yuqori tezlikda yetkazish imkoniyati, keng qamrovli fitnes-dasturlar tanlovi va ishonchli himoyaga ega. Uning avvalgi Galaxy’lardan farqi 16 megapikselli kamera, S Health 3.0 xizmati (qadamo‘lchagich, parhez, jismoniy mashqlarni qayd etish va eng yangisi — puls datchigi), IP67 standartlari bo‘yicha himoya vositasi (chang, namlik, qum va hatto, suvdan ham himoyalangan), barmoq izlari biometrik skaneri va zamonaviy tashqi ko‘rinishga ega ekanligidadir. Samsung Galaxy S5 haqidagi batafsil ma’lumotni taqdimotga tashrif buyurib olishingiz mumkin. Manba: daryo.uz | |
Категория: Новости Узбекистана | |
Всего комментариев: 0 | |