Ertalabki tig‘iz vaqtda, buning ustiga ishga kech qolayotganingizda galstuk taqish ortiqcha tashvish bo‘lib tuyulishi mumkin, biroq “Xitrosti jizni” nashri taqdim etgan ushbu video orqali galstukni 5 soniyada bog‘lashni o‘rganib olishingiz mumkin.
...
Читать дальше »
|
Xitoyliklar nafaqat iPhone’ni balki uni qo‘llashning usullarini ham ko‘chirishga usta, deb yozadi “Mail.ru”. Bunda gap smartfonlar ustidagi tajribalar haqida bormoqda.
...
Читать дальше »
|
WhatsApp messenjerining Chrome brauzerlari hamda Android, Windows, Blackberry smartfonlari uchun mo‘ljallangan veb-versiyasi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda “Siliconrus.com”.
WhatsApp veb-kliyentidan foydalanish uchun Android, Windows yoki Blackberry’dagi messenjerning so‘nggi versiyasi yordamida web.whatsapp.com sahifasiga qo‘yilgan QR-kodni skanerlab olish zarur. Shu bilan birga, servis ishlashi uchun telefon doimiy ravishda tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak.
...
Читать дальше »
|
Ma’lumotlarni himoya qilish uchun ilovalar ishlab chiqaruvchi SplashData kompaniyasi 2014-yilning eng keng tarqalgan parollari ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Yilning eng yomon parollari sifatida “123456” soni va “password” so‘zi e’tirof etilgan. Bunday parollar sohiblarining akkauntlari eng ko‘p buzilgan.
...
Читать дальше »
|
Dunyodagi eng ommabop messenjer WhatsApp yaratuvchilari uning veb-versiyasini ishlab chiqmoqda, deb xabar berdi MacDigger.ru. U dasturning iOS, Android va boshqa platformalardagi foydalanuvchilari bilan xabarlashish imkonini beradi.
...
Читать дальше »
|
Shvetsiyaning mobil qurilmalar uchun g‘ilof ishlab chiqaruvchi mashhur Krussel kompaniyasi 2014-yil yakunlari bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlar an’anaviy reytingini e’lon qildi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Reyting kompaniyaga turli modellar uchun aksessuarlarga berilgan buyurtmalar soniga qarab tuziladi.
...
Читать дальше »
|
Tajriba o‘tkazuvchilar iPhone 6’ni stratosferaga chiqarishdi, deya xabar bermoqda Mail.ru. Biroq tajriba 100% “toza” bo‘lmadi, chunki iPhone Urban Armor Gear g‘ilofiga o‘ralgan edi.
Qurilma havo shari yordamida -62 daraja harorat va soatiga 100 km tezlikka ega shamol bo‘lgan 30 km balandlikka chiqarildi.
...
Читать дальше »
|
Click kompaniyasi o‘z foydalanuvchilariga yangi bir imkoniyatni – jismoniy va xususiy tadbirkorlar uchun bir qator soliqlarni to‘lash imkoniyatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.
Click kompaniyasi o‘z foydalanuvchilari uchun joriy qilingan imkoniyatlarning yana kengayganligi haqida xabar qiladi. Bugundan boshlab tizimning barcha foydalanuvchilari o‘z mobil telefonlaridan bir qator soliqlarni ishlaridan chalg‘imasdan va istagan paytlarida to‘lashlari mumkin.
...
Читать дальше »
|
UMS mobil aloqa operatorining rasmiy saytinining o‘zbekcha versiyasi ishga tushdi. Bu haqda saytning ruscha va o‘zbekcha versiyalarida ma’lum qilingan.
“Endilikda barcha xabarlar, tarif-rejalar va xizmatlar haqidagi yangiliklarni UMS saytining o‘zbek tilidagi sahifasida bilib olishingiz mumkin!” − deyiladi xabarda. Saytning rus tilidagi barcha bo‘limlari o‘zbek tilida ham taqdim etilgan.
...
Читать дальше »
|
2007 йил 9 январь куни Стив Жобс Apple компаниясининг биринчи смартфонини тақдим этди. Смартфон iPhone номини олди ҳамда Сан-Францискодаги Macworld Conference & Expo кўргазмасида тақдим этилди. Бироқ смартфон сотувга ярим йилдан сўнг – 29 июнь куни чиқди. Дастлаб, уни АҚШда сотиб олиш мумкин эди. Йил охирида Германия, Франция ҳамда Буюк Британияда ҳам сотила бошлади.
...
Читать дальше »
|
|