Главная » 2015 » Yanvar » 9 » 2014-yilda turmush qurgan o‘zbekistonlik yulduzlar ro‘yxati e’lon qilindi
16:11
2014-yilda turmush qurgan o‘zbekistonlik yulduzlar ro‘yxati e’lon qilindi

“Darakchi” gazetasi 2014-yilda turmush qurgan o‘zbekistonlik “yulduzlar” ro‘yxatini e’lon qildi. Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin.

“Afruz” guruhi a’zolaridan biri Muzaffar Boboxonov 2014-yilning 1-mayida uylandi.

“Yoshlar” telekanalining “Ko‘zmunchoq” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi sifatida taniqli Maftuna Tojiboyeva 24-avgustda turmushga chiqdi.

“Grand” radiosi bosh muharriri va boshlovchisi Ibrohim Ahmedovning nikoh to‘yi esa 25-avgust kuni bo‘lib o‘tdi.

2-sentabrda yosh xonanda Botir Yaminov turmush qurdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayzning ukasi — qo‘shiqchi Xurshid Turdiyev 2-oktabr kuni olaxurjunni yelkasiga osdi.

Xonanda Dilfuza Ismoilovaning o‘g‘li Sardor Isroilov 3-oktabr sanasida uylandi.

Oktabr oyida yana bir to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi: “Benom” guruhi a’zosi Sarvar turmush qurdi.

Xonanda Ruxshona klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan 2-noyabr kuni turmush qurdi.

“Laylo, opang qani?” va “Muyassarxon” nomli qo‘shiqlari bilan tanilgan xonanda Zuhriddin Bahriddinov 3-noyabr kuni Hosila Rahimovaning qiziga uylandi.

Aktyorlar Gulchehra va Lutfulla Sa’dullayevlarning kenja qizi — Muqaddas Sa’dullayeva aktyor Sanjar G‘aniyevga 5-noyabrda turmushga chiqdi.

27-noyabr kuni “Tarona-rekords” ovoz yozish studiyasi art-direktori, xonandalar Shahzoda va Nilufar Usmonovaning ish yurituvchisi Davron Muqimov oila qurdi.

“Benom” guruhining ikkinchi a’zosi Komil esa 17-dekabr kuni uylandi.

Манба:Daryo.uz

 

 

 

 

 

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]