Главная » 2015 » Yanvar » 22 » 2014-yilning eng yomon parollari ma’lum qilindi
16:34
2014-yilning eng yomon parollari ma’lum qilindi

Ma’lumotlarni himoya qilish uchun ilovalar ishlab chiqaruvchi SplashData kompaniyasi 2014-yilning eng keng tarqalgan parollari ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.

Yilning eng yomon parollari sifatida “123456” soni va “password” so‘zi e’tirof etilgan. Bunday parollar sohiblarining akkauntlari eng ko‘p buzilgan. Har yili eng yomon parollar ro‘yxatidan o‘rin oladgan ushbu parollardan tashqari “baseball”, “football”, “696969”, “batman”, “superman”, “qwerty” singari parollar ham 2014-yilning eng ishonchsiz kalit so‘zlaridan deb topilgan.

“Klaviaturadagi oddiy modellar asosidagi parollar ancha kuchsiz ekanligiga qaramay, ommaviyligini saqlab qolmoqda. Faqatgina raqamlardan iborat bo‘lgan parollardan, ayniqsa ular ketma-ket bo‘lsa, foydalanmagan ma’qul”, − dedi kompaniya bosh direktori Morgan Slein.

Манба:Daryo.uz

Категория: Интересные факты | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]