Главная » 2015 » Yanvar » 13 » 94 ta iPhone 6’ni tanasiga bog‘lab Xitoyga olib kirishga uringan kishi qo‘lga olindi
16:29
94 ta iPhone 6’ni tanasiga bog‘lab Xitoyga olib kirishga uringan kishi qo‘lga olindi

Xitoy rasmiylari o‘z tanasiga 94 ta iPhone 6 smartfonini bog‘lagan holda mamlakatga olib kirishga uringan erkak qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “LookAtMe.ru”.

Gonkonglik erkak o‘z tanasiga smartfonlarni plastik paketlar va skotch yordamida yopishtirgan. Uning “notabiiy yurishi, egilmayotgan tizzalari va haddan tashqari to‘g‘ri beli”ni payqagan bojxonachilar qo‘lga olib, barcha iPhone’larni musodara qilgan.

Xitoyda iPhone 6’ni sotishga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, smartfonlarni doimiy ravishda Xitoyga noqonuniy ravishda olib kirishga urinish uchrab turadi.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]