Главная » 2015 » Yanvar » 28 » 94 yoshli xitoylik ayol komadan keyin ona tilini unutib, faqat ingliz tilida gapiryapti
21:16
94 yoshli xitoylik ayol komadan keyin ona tilini unutib, faqat ingliz tilida gapiryapti

Xitoylik ayol insultdan keyin hushiga kelgach, o‘z ona tilini unutib, faqatgina o‘zi 30 yildan beri ishlatmagan ingliz tilida gapirmoqda, deb xabar berdi “Rossiyskaya gazeta”.

94 yoshli Lyu Jeyu ikki hafta davomida komada bo‘lgan. Shifokorlar uning yashab ketishiga kafolat yo‘qligini ma’lum qilgan. Taajjubki, ayol o‘ziga kelib, ingliz tilida “Men qayerdaman?”, “Nima bo‘lyapti?” deb so‘ragan.

Jeyuning oliasining so‘zlariga ko‘ra, u o‘z ona tilini unutgan, faqatgina ingliz tilida gapirmoqda. Ayol 30 yil oldingi davrgacha ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lgan, so‘nggi yillarda esa o‘zi yashagan Xitoy janubidagi Xunan provinsiyasida faqat xitoy tilida gapirgan. Shifokorlar uning xitoy tilida so‘zlashish qobiliyati tiklanishiga umid qilmoqda. Ular bemorning miyasidagi xitoy tilida gapirish qobiliyati shikastlanganini taxmin qilgan

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]