Главная » 2014 » Dekabr » 12 » “Aeroflot” 2015-yildan “Moskva – Samarqand” yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
19:17
“Aeroflot” 2015-yildan “Moskva – Samarqand” yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi samolyotlari 2015-yil 16-yanvardan boshlab, “Moskva – Samarqand – Moskva” yo‘nalishida qatnay boshlaydi. Bu haqda, aviakompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, “RIA Novosti” axborot agentligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.

Xabarda keltirilishicha, bu yo‘nalish bo‘yicha haftasiga bir reysni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu reysda “Sheremetyevo” aeroportining “D” terminalidan uchuvchi Airbus 320 rusumli samolyotdan foydalaniladi.

“Samarqand shahri bilan havo yo‘llari orqali bog‘lanish aviakompaniyaning rivojlanish dasturida belgilab qo‘yilgan edi”, – deya ma’lum qilgan “Aeroflot” kompaniyasi vakillaridan biri.

Ma’lumot uchun, “Aeroflot” aviakompaniyasi shu vaqtgacha “Moskva – Toshkent – Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlarni amalga oshirib keladi.

Noyabr oyi oxirida O‘zbekiston va Rossiya vakillarini o‘rtasida o‘tkazilgan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha majlisda ikki davlat o‘rtasidagi transport aloqalari bo‘yicha masalalar ham hal qilingan va o‘sha uchrashuvdagi muhokamalar natijasida, O‘zbekiston tomoni “Aeroflot” kompaniyasiga “Moskva – Samarqand – Moskva” yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yish uchun ruxsat bergan, evaziga esa “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi “Toshkent – Vladivostok – Toshkent” yo‘nalishida uchishlarni amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]