Главная » 2015 » Yanvar » 8 » Amerikalik olimlar Yerga o‘xshash sayyorani aniqladi
21:51
Amerikalik olimlar Yerga o‘xshash sayyorani aniqladi

AQShning Garvard-Svinston astrofizika markazi olimlari Yerga eng ko‘p o‘xshaydigan sayyorani aniqlashga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.

Ushbu sayyora nafaqat koinotning hayot mavjud bo‘lishi ehtimoli yuqori qismida joylashgan, balki Yer singari ko‘plab qoyalardan iborat.

“Kepler” teleskopi yordamida Quyosh tizimidan tashqarida joylashgan ulkan yulduz atrofida aylanayotgan 8 ta sayyora aniqlangan. Yerga o‘xshaydigan jism sayyoramizdan 12 foizga kattaroq ekanligi va o‘z yulduzidan 40 foiz ko‘proq issiqlik olishi aniqlangan.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]