19:46 Barak Obama Twitter’da yanglishib, boshqa Devid Kemeronga obuna bo‘ldi | |
AQSh prezidenti Barak Obama Twitter’da yanglishib, boshqa Devid Kemeronga obuna bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. Nashrning aniqlik kiritishicha, Obamaning rasmiy Tvitteri 645 ming kishiga obuna bo‘lgan, ular orasida Buyuk Britaniya bosh vaziri yo‘q. Biroq boshqa Devid Kemeron — AQShning Oregon shtatida yashovchi va kompyuter o‘yinlariga qiziquvchi kishi bor. “Haqiqiy” Kemeron esa 382 foydalanuvchi, shu jumladan Barak Obamaga obuna bo‘lgan. “Devid — ajoyib do‘st. U mening dunyoda eng yaqin va ishonchli sheriklarimdan biri”, — degan edi Obama o‘tgan hafta Kemeron haqida. Манба:Daryo.uz | |
Категория: Новости мира | |
Всего комментариев: 0 | |