Главная » 2014 » Mart » 22 » "Benom" guruhi (Biografiya)
15:20
"Benom" guruhi (Biografiya)

XX asr so'nggi yillarining 18 fevralida Azimov Sarvarbek Hamroevich Buxoro shahrining ziyolilar oilasida tavallud topgan. Yoshligidan san'atga bo'lgan qiziqishi yuqori bo'lganligi sababli 5 yoshga to'lganida otasidan tug'ilgan kuniga fortopiano sovg'a qilishlarini talab qilgan. Buni ko'rgan ota-onasi yosh Sarvarbekni musiqa maktabiga o'qishga berishadi. U yerda a'lo baholarga o'qib, bir nechta tanlovlarda g'olib chiqadi. Bu tanlovlar nafaqat O'zbekistonda, balki xorijning boshqa davlatlarida ham bo'lib o'tgan bo'lib, ularda ham Sarvar muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan ayni shu damda XX asrning 4 aprel sanasida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan Fozilov Komil Abdufattoevich "Buxoro" futbol klubida xujumchi ampluasida to'p surar edi. Komil futbol sport turi ortidan ko'plab yutuqlarga erishgan. Biroq, Komil futbol u istagan kasb emas ekanligini anglagan holda sportni vaqtinchalik tark etishga qaror qiladi va yoshligidagi qiziqishi bo'lgan shoirlik san'atiga jiddiy yondashishni boshlaydi. Shu paytda esa musiqa maktabini tamomlayotgan Sarvarbek endi o'qish bilan jiddiy shug'ullanib, Diplomatiya Universtitetiga o'qishga kirish uchun tayyorgarlik ko'ra boshlaydi.

XXI asrning boshlarida Buxoro shahridagi 23-maktabda tahsil olayotgan Komil Fozilov ba'zi sabablarga ko'ra Sarvar o'qiyotgan 6-maktabga ko'chib boradi. Ular mana shu davrda tanishib, do'stlashib olishadi. Aniqrog'ini aytadigan bo'lsak, ularning do'stlashishiga o'sha maktabda o'qiydigan bir qiz sababchi bo'ladi. Ammo, qanday tanishganligi haqida chuqurroq to'xtalib yozmaslikni lozim topdik. Bu ikki do'stning san'atga bo'lgan qiziqishi yangi yosh havaskor guruhni tashkil etishga sabab bo'ladi. Eng qizig'i bu guruhning nomi "KOMISAR" deb nomlangan bo'lib, Komil va Sarvarning ismlarini bosh 3 harfidan olingan. Mana shu nom ostida "KOMISAR" guruhi maktablar aro gastrollar turnesini boshlab yuboradi. Bu guruhning eng hit bo'lgan qo'shig'i sizga Yodgor Mirzajonov ijodi orqali tanish bo'lgan "Yolg'izim" taronasi hisoblanadi. Bu Komil va Sarvarning hamkorlikdagi ilk qo'shig'i bo'lib, oradan ma'lum vaqt o'tganidan so'ng Yodgor Mirzajonovga noma'lum miqdordagi pul evaziga sovg'a qilinadi :).

Komil va Sarvar bu bilan chegaralanmagan holda o'z ijodlarini davom ettirib, yuqori cho'qqilar sari intilishadi. Kutilmaganda yosh guruhning ijodi barchaga manzur bo'lib, yurtimizning eng ulug' bayramlaridan hisoblanadigan Mustaqillik bayramning Buxoro shahrida bo'lib o'tgan tantanalaridan birida ishtirok etishga taklif etiladi. Ushbu konsert dasturi so'ngida dastxat olish uchun kelgan bir qizchaga hazil tarzida "Benom" guruhi deya dastxat qo'ytib berishadi. Shu voqeadan so'ng ular o'z ijodlarini aynan "Benom" nomi ostida davom ettirishga qaror qilishadi. Bu voqea esa 2005 yilda sodir bo'lgan. Shu yili "Armon" hamda "Yolg'iz seni" qo'shiqlarini, kliplar suratga tushirgan holda Buxoro xalqiga taqdim etishadi. Bu qo'shiqlarning mashhurligi 2006 yil 13-14 fevral kunlari o'zlarining ilk yakkaxon konsert dasturlarini Buxoro shahrining Sadriddin Ayniy nomli san'at saroyida taqdim etishlariga sababchi bo'ladi. Konsert muxlislar tomonidan juda ham yaxshi qabul qilinadi va anshlag tarzda o'tadi. Bu yutuq Komil va Sarvarni endilikdagi yo'llari poytaxtda ekanligini anglatadi.

Ikki do'st o'qishga kirish bahonasida Toshkent sari yo'l oladilar. Ular o'qishga kira olishmasalarda, ota-onalariga birozgina yolg'on ishlatgan holda o'qishga kirganligi haqida ertak aytib berishadi. Ularning ilk ertaklari aynan shu yerdan boshlangan edi. Toshkentda ijodni to'xtatmagan holda ikki do'st o'zbek estradasi yulduzlariga birin-ketin qo'shiqlar yozib berishni boshlaydi. Jumladan, Yodgor Mirzajonov, Shoira Otabekova, Sherbek Shodiev va boshqalarga. Bunga esa ularga yaqindan yordam bergan ijodkor siz va bizga ko'plab filmlarning bastakori sifatida yaxshi tanish bo'lgan Ubaydullo Karimov hisoblanadi. "Benom" guruhining ertaklari shu qadar ommalashadiki, hattoki ular haqida "Tarona Records"da ham gap bolalay boshlaydi. Komil va Sarvardan "Tarona Records" rahbariyati bir necha qo'shiq yozib berish taklifi bilan murojaat etadilar. "Benom" guruhi yigitlari qo'shiqlar tayyor bo'lgachgina bu qo'shiqlar Shahzoda uchun yozilganligidan xabar topadilar. Toshkent shahridaggi ilk ijod namunasi ham mana shu vaqt oralig'ida dunyoga keladi va u qo'shiq "Tun" deb nom oladi. Bu orada kutilmaganda "Tarona Records"da yopiq kasting bo'lib o'tadi va bunda "Benom" guruhi ishtirok etib, "Tarona Records" kompaniyasining "propiskasi"dan o'tadi. Mana shundan so'ng siz tanigan va bilgan "Qizaloq", "Lola", "Yomg'ir" va "Bedoringman" kabi hit taronalar shahar TV va radio kanallarida jarang socha boshlaydi. "Benom" guruhining ertaklari shu joyida hali davom etmoqda...

Категория: Биография звезд | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]