Главная » 2015 » Yanvar » 27 » Eyfel minorasi selfi uchun dunyodagi eng yaxshi fon deb e’tirof etildi
21:16
Eyfel minorasi selfi uchun dunyodagi eng yaxshi fon deb e’tirof etildi

Eyfel minorasi selfi-suratlar uchun dunyodagi eng yaxshi fon deb tan olindi, deya xabar bermoqda The Daily Mail. Bunday reyting sayyohlik manzillariga bag‘ishlangan AttractionTix portali ekspertlari tomonidan tuzildi.

Top-list sayyohlar tomonidan tushirilgan selfilar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni o‘rganish orqali tuzildi. Mutaxassislar aniqlashicha, 2015-yil boshidan buyon Eyfel minorasi Instagram’dagi 10,7 mingdan ortiq postda tilga olingan. Undan keyingi pog‘onalarni esa 9,9 ming va 8,86 mingta post bilan Floridadagi Disney World ko‘ngilochar kompleksi va Dubayning Burj-Xalifa osmono‘par binosi egalladi.

Selfi olish uchun eng ommabop manzillar o‘ntaligiga, shuningdek Londondagi Big Ben, Nyu-Yorkdagi Empire State Building, Barselonadagi Muqaddas oila sobori, Parijdagi Disneyland, Rimdagi Kolizey, Nyu-Yorkdagi Top of the Rock tomosha maydoni va London ko‘prigi kirdi.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]