13:40 Filipp Kirkorov Toshkentdagi konsertida o‘zbekcha gapirdi | |
2014-yil 20-noyabr kuni rossiyalik taniqli xonanda Filipp Kirkorov Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining murakkab tayyorlangan shou ko‘rinishidagi konsert dasturini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Kultura.uz”. Xabarda aytilishicha, murakkab maxsus effektlarga boy bo‘lgan konsert taqdimoti Kirkorovning “DruGoy” deb nomlangan to‘rtinchi albomi chiqarilishiga bag‘ishlangan. Ushbu albom retro, etno-pop, zamonaviylik va video-konsert singari to‘rtta teng qismga bo‘lingani aytilgan. Qayd etilishicha, dastlabki qo‘shiqlarni ijro etib bo‘lgach Kirkorov o‘zbek tilida gapirgan va tomoshabinlar bunga olqishlar bilan javob qaytargan. Mashhur qo‘shiqlarni tomoshabinlar xonanda bilan qo‘shilib kuylagani ham ta’kidlangan. Manba: daryo.uz | |
Категория: Шоу Бизнес | |
Всего комментариев: 0 | |