19:45 Gangnam Style klipi YouTube hisoblagichini buzib qo‘ydi | |
Internetdagi eng mashhur videorolik − Janubiy koreyalik repper PSY’ning Gangnam Style klipi YouTube onlayn videoxostingining kamchiliklaridan birini ko‘rsatib qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Saytning videoroliklarni necha marta ko‘rilganini ko‘rsatuvchi hisoblagich Gangnam Style klipida 2 147 483 647 ko‘rsatkichida qotib qolgan. “Biz hech qachon ko‘rishlar soni 32 raqamli hisoblagichni to‘ldirishini o‘ylamagandik. Lekin biz PSY ijodi bilan tanish emasdik. Gangnam Style klipi shunchalik ko‘p ko‘rilganidan biz tizim modernizatsiyasi bilan shug‘ullanishimizga to‘g‘ri kelmoqda”, − dedi YouTube vakillaridan biri. Hozirda hisoblagich to‘g‘rilangan bo‘lib, Gangnam Style 2,153 million marta ko‘rilganini ko‘rsatib turibdi. Ushbu nosozlik bartaraf etilgach, YouTube hisoblagichda ko‘rishlar soni to‘lishini animatsiya orqali ko‘rsatuvchi yangi imkoniyatni ham joriy qildi. Манба:Daryo.uz | |
Категория: Интересные факты | |
Всего комментариев: 0 | |