16:21 GM Uzbekistan yangi avtomobil modelini ishlab chiqmoqda | |
GM Uzbekistan o‘zbek-amerika qo‘shma korxonasida yangi avtomobil modelini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda qo‘shma korxonaning ishlab chiqarish direktori Ismoiljon Nazirov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”. “Bo‘lajak mashinaning texnik xususiyatlari berilgan. Kirib kelgan yilda payvandlash sexida yangi liniya qurilishi, shuningdek yig‘ish va bo‘yash sexlarida yangi mexanizm va uskunalarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda”, − dedi Nazirov “Narodnoye slovo” gazetasiga bergan intervyusida. Yangi avtomobil qaysi modelda bo‘lishi ma’lum qilinmagan. Avvalroq, GM Uzbekistan 2015-yilda Chevrolet CMP (Daewoo Labo) mikrovenini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani xabar berilgan edi. Hozirda GM Uzbekistan to‘qqizta Chevrolet modellarini ishlab chiqarmoqda: Damas, Spark, Cobalt, Captiva, Malibu, Orlando, Matiz, Nexia va Lacetti. Манба:Daryo.uz | |
Категория: Новости Узбекистана | |
Всего комментариев: 0 | |