Главная » 2014 » Dekabr » 14 » Google onlayn tarjima xizmatiga o‘zbek tili qo‘shildi
06:17
Google onlayn tarjima xizmatiga o‘zbek tili qo‘shildi

Google Translate online tarjima xizmatida o‘zbek tili paydo bo‘ldi. Endi ushbu xizmat orqali o‘zbek tilidan boshqa tillarga va boshqa tillardan o‘zbek tiliga tarjima qilish imkoniyati mavjud.

2014-yil yanvar oyida internet-gigant o‘zbek tilidan tashqari qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman tillaridagi yangi onlayn-tarjimonni joriy etishga yordam berishni xohlovchi ko‘ngillilarni yig‘ish uchun e’lon bergan edi. Buning uchun Markaziy Osiyo tillaridan biri yoki bir nechtasidan tashqari ingliz tilini ham bilish talab qilinardi.

Hozirda Google Translate tillari ro‘yxatidagi 90 ta til orasida o‘zbek, tojik va qozoq tillarini ko‘rish mumkin.

Манба:Daryo.uz

Категория: Интересные факты | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]