Главная » 2015 » Yanvar » 24 » Hillari Klinton Putinni kalaka qildi (video)
15:11
Hillari Klinton Putinni kalaka qildi (video)

AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Kanadadagi nutqi chog‘ida Vladimir Putinga masxaraomuz taqlid qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Mamlakat prezidenti bo‘lishni istash-istamasligi to‘g‘risida berilgan savolga javoban, Klinton saylov jarayoni borayotganini, biroq u “Putinnikidek emasligi”ni aytdi.

“U prezident bo‘lganidan so‘ng, bosh vazir bo‘ldi. Bir kuni u o‘z-o‘zidan: ‘Vladimir, nima deysiz, yana prezident bo‘lishni istarmidingiz?’ — deb so‘raydi. — ‘Menimcha, istayman’. — ‘Unda keling, bu haqda e’lon qilib qo‘ya qolamiz. Dmitriyga uning bosh vazir bo‘lishi mumkinligini aytamiz’. — ‘Ajoyib, zo‘r g‘oya!’ Ha, bizda saylov protsessi ketmoqda”.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]