Главная » 2014 » Dekabr » 15 » Jerar Depardye Afrikada ikkita sherni o‘ldirib yedi
19:30
Jerar Depardye Afrikada ikkita sherni o‘ldirib yedi

Taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye o‘zining Afrikaga safari davomida ikkita sherni o‘ldirib, ularning go‘shtini yeganini tan oldi, deb xabar bermoqda “Tengrinews.kz”.

Depardyening so‘zlariga ko‘ra, Burkina-Fasodagi yo‘lda sayyohlarning mashinasi buzilib qolgan. Yaqin atrofda ikkita sher bo‘lgani tufayli ular mashinadan chiqolmay o‘tirgan. “Afrikalik haydovchi qattiq qo‘rqib ketgan. Bizning boshqa ilojimiz qolmagan edi, ularni otib o‘ldirdik”, − dedi aktyor.  Jurnalistlar Depardye o‘ldirilgan sherlarni yegani haqidagi savolga u ijobiy javob bergan.

Avvalroq 65 yoshli aktyor yoshligida yangi qabrlardan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlaganini, tamaki kontrabandasi bilan shug‘ullangani, shuningdek kuniga 14 shishagacha spirtli ichimlik ichishini tan olgani qayd etilgan.

Манба:Daryo.uz

 

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]