18:02 Kaniza (Biografiya) | |
Ahmedova Shahrizoda Farhodovna 28 aprel Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Millati o'zbek, ma'lumoti o'rta mahsus. Otasi - Ahmedov Farhod Muratalievich 1948 yilda Qo'qon shahrida tug'ilgan, millati o'zbek, hozirgi kunda hususiy tadbirkorlik bilan shug'ullanadi. Onasi - Hakimova Hafizaxon 1953 yilda Qo'qon shahrida tug'ilgan, millati o'zbek, hozirgi kunda Qo'qon shahridagi "Hafiza" ma'suliyati cheklangan jamiyatining direktori lavozimida faoliyat yuritadi. Shahrizoda 1992 yilda Qo'qon shahridagi 21-o'rta maktabining 1-sinfiga o'qishga borib, 2001 yilda shu maktabning 9-sinfini tamomlagan. 2001 yilda Toshkent shahridagi "Benkov" nomidagi O'zbekiston rassomchilik kollejiga o'qishga kirib 2004 yilda tugatgan. O'z mehnat faoliyatini 2004 yildan Qo'qon shahridagi "Hafiza" ma'suliyati cheklangan jamiyatining tikuvchi-bichuvchi lavozimidan boshlagan. 2005-2006 yillarda ushbu MCHJning direktori o'rinbosari lavozimida ishladim. 2006 yildan hozirgi kunga qadar Toshkent shahridagi Shayhontohur tumani "Bolalar ijodiyoti uyi"ning Bolalar estrada vokal guruhi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. Oilada to'rtinchi farzand, ya'ni ota-onasining kenja qizi bo'lib, musiqa va san'atga yoshligidan qiziqib kelgan. Musiqa asboblaridan fortopianoda musiqa chalishni biladi. San'at yo'lidagi faoliyatini 2006 yilda "Janona" guruhidan boshlagan. 2007 yildan hozirgi kunga qadar bobosi Murodjon Ahmedovning turmush o'rtog'i, ya'ni buvisi Kanizaxonning ismlarini o'ziga tahallus qilib yakkaxon tarzda o'z ijodini davom ettirib kelmoqda. | |
Категория: Биография звезд | |
Всего комментариев: 0 | |