Главная » 2014 » Mart » 25 » Kembrij universitetida Navro‘z bayrami nishonlandi
16:57
Kembrij universitetida Navro‘z bayrami nishonlandi

Kembrij universitetining Jesus kollejida an’anaviy Navruz in Cambridge festivali nishonlandi. Unda universitet talaba va o‘qituvchilari, sayyohlar va mahalliy aholi qatnashdi. Bu haqda "Jahon” agentligi xabar berdi.

Tadbir Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumi, Kembrij universitetining o‘zbek, ozarbayjon, qozoq va qirg‘iz jamiyatlari tomonidan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qitg‘iziston diplomatik missiyalari hamkorligida tashkillashtirildi.

Musiqali dastur davomida "Tanovar” va  "Lazgi” raqslari, "Qo‘shtor” va "Yorim mani” xalq qo‘shiqlari ijro etildi. Kembrij universitetining AQShlik talabasi L. Katzelnik ijrosidagi "Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim” qo‘shig‘i olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Konsertdan so‘ng milliy taomlar dasturxoni yozilib, palov, sumalak, chak-chak, quruq mevalar va boshqa noz-ne’matlar tortildi.

Manba: daryo.uz
Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]