Главная » 2014 » Mart » 23 » Krishtianu Ronaldu muzeyining onlayn-do‘koni o‘zbekistonliklar uchun ochildi
19:32
Krishtianu Ronaldu muzeyining onlayn-do‘koni o‘zbekistonliklar uchun ochildi


Futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi va Madridning "Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z muzeyining onlayn-do‘konini o‘zbekistonliklar uchun ham ochdi. Bu haqda Stadion.Uz xabariga asoslanib "Kun” ma’lum qildi.

"Salom, yigitlar. CR7 muzeyining onlayn-do‘koni endi Isroil, Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun ham ochiq”, — deyiladi Ronalduning Facebook’dagi xabarida. Xabarda do‘konga havola ham berilgan.

Ronaldu muzeyi futbolchining yoshligi o‘tgan Madeyra orolida o‘tgan yilning dekabr oyida ochilgan edi. U yerda futbolchining rasmi, imzosi va ismi tushirilgan ko‘plab suvenirlar (kepka, to‘p, quloqchin, brilok, futbolka, kitob, sharf va hokazo)ni xarid qilish mumkin.

Onlayn-do‘kondagi mahsulotlar uchun PayPal tizimi orqali pul to‘lash mumkin.

Manba: daryo.uz


Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]