Главная » 2015 » Fevral » 17 » Ledi Gaga aktyor Teylor Kinniga unashtirildi
21:28
Ledi Gaga aktyor Teylor Kinniga unashtirildi

Amerikalik qo‘shiqchi Ledi Gaga aktyor Teylor Kinni bilan unashtirildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

AQSh OAVlari yozishicha, 33 yoshli Kinni 28 yoshli qo‘shiqchiga 14-fevral kuni turmush qurish taklifini bildirgan. Shundan so‘ng juftlik unashtiruvni nishonlash uchun Ledi Gaganing oilasiga tegishli Joanne Trattoria restoraniga jo‘nagan.

Unashtiruv haqida 16-fevral, dushanba kunidagina ma’lum bo‘lgan, bu haqda Gaganing o‘zi Instagram’dagi sahifasiga o‘ziga hadya etilgan uzukning rasmini joylash orqali ma’lum qildi. Yurak shaklidagi uzukning qiymati 500 ming dollar deb taxmin qilinmoqda.

Манба:Daryo.uz

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]