18:30 Lola Rayhonning konsertida kiygan ko‘ylak tanqidga uchradi (foto) | |
Avval xabar berganimizdek, Toshkentda ayni kunlarda xonanda Rayhonning konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. Undan turli “syurpriz”lar o‘rin oldi. Ulardan biri Rayhonning o‘z hamkasbi Lola bilan kuylagan dueti bo‘ldi. Dugonalar birgalikda “Ko‘nikmadim” nomli qo‘shiqni kuyladi. Bungacha ushbu kompozitsiya hech qayerda jarang sochmagan edi. Ta’kidlash joiz, konsertda nafaqat ushbu duetning o‘zi, balki uni sahnada kuylash chog‘ida Lolaning egnida bo‘lgan libos ham shov-shuvga sabab bo‘ldi. Uzun kesim tushirilgan va orqasi beligacha ochiq qizil ko‘ylak internet foydalanuvchilari orasida bahs-munozarani keltirib chiqardi. Ba’zilar bunday libosning milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmasligini, zamonaviylik ortidan quvib milliylikni unutish kerak emasligini yozgan. Kimdir esa, aksincha, Lolani bunday jasorati uchun maqtab, “bunday ko‘ylakni bajara olgan kishi kiyishi”ni ta’kidlagan. Yana ba’zi foydalanuvchilar qanday kiyim kiyish har kimning o‘z tanlovi ekanligini aytib, birovning ishiga burun suqmaslikka chaqirgan. Lolaning Facebook sahifasidagi postga ko‘ra, ushbu libos dizayneri Zulfiya Sulton hisoblanadi. Qo‘shiqchi mazkur dizayner bilan anchadan buyon hamkorlik qilib keladi, ko‘plab konsert va tadbirlarda kiygan kiyimlari muallifi aynan Zulfiya Sultondir. Eslatib o‘tamiz, Rayhonning konsertidagi asosiy shov-shuv uning sahnadagi katta monitor orqali o‘z egizaklarini ilk bora ommaga namoyish etgani bo‘ldi. Манба:Daryo.uz | |
Категория: Шоу Бизнес | |
Всего комментариев: 0 | |