Главная » 2015 » Mart » 1 » Lola: “Umr yo‘ldoshim men bilan faxrlanishini aytadi!”
18:24
Lola: “Umr yo‘ldoshim men bilan faxrlanishini aytadi!”

Iste’dodli ijodkor Lola Yo‘ldosheva unga taklif qilingan rollar borasida umr yo‘ldoshi bilan maslahatlashishini aytdi, deb xabar beradi “Fattohhon.com”.

“Odatda, ssenariylar mazmunini unga so‘zlab beraman, – dedi Lola. – ‘Batafsil esa film chiqqach ko‘rasiz’, deyman. Agar ssenariyni o‘qish uchun unga bersam bormi, (kuladi) unda umuman o‘sha filmda suratga tushmasligim aniq!”

Xonanda umr yo‘ldoshining fikri bilan rad etilgan filmlar ham bo‘lganini qayd etdi: “Shu yillar ichida filmlarga juda ham ko‘plab takliflar bo‘ldi. Barchasiga rad javobi berildi. Ulardan eng yodimda qolgani ‘Fotima’ filmi bo‘lgandi. Ularning barchasiga rad javobi berishimga sabab – umr yo‘ldoshim qarshi bo‘lgan”.

Lola umr yo‘ldoshining ijodiga munosabati ijobiyligini ma’lum qildi: “Umr yo‘ldoshim men bilan faxrlanishini aytadi!”

Манба:Daryo.uz

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]