Главная » 2015 » Fevral » 13 » Lola va DJ Piligrimning “Yulduz” qo‘shig‘iga ishlangan klipning fojiaviy syujeti ayrim muxlislarga ma’qul kelmadi
14:18
Lola va DJ Piligrimning “Yulduz” qo‘shig‘iga ishlangan klipning fojiaviy syujeti ayrim muxlislarga ma’qul kelmadi

2014-yilning xitlaridan bo‘lgan Lola va DJ Piligrim ijrosidagi “Yulduz” qo‘shig‘i ko‘pchilikning e’tiborini tortdi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.

Bunga birinchi sabab ikki ijodkorning kutilmagan hamkorligi bo‘lsa, ikkinchisi unga ishlangan klipning ajoyibligidir. Klip ustida o‘z ishining haqiqiy ustalari ijod qilgani ko‘rinib turibdi, deyiladi manbada.

Klipda ikki sevishganning baxtli onlarini ko‘rish, ularning o‘zaro samimiy munosabatlarini kuzatish mumkin. Ammo maroq bilan tomosha qilib turgan syujetning o‘lim bilan yakun topishi kishining ko‘nglini xomush qiladi.

Qayd etilishicha, ayrim tomoshabinlar tomonidan “Shunday yaxshi qo‘shiqqa fojiali yakun topadigan klip olingani uchun ham klipni ko‘rgim kelmaydi”, deya fikr ham bildirilgan.

Манба:Daryo.uz

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]