16:47 “Makdonalds”ning kartoshka-frisi qanday tayyorlanishi fosh qilindi | |
“Makdonalds” restoranlar tarmog‘i o‘z kartoshka-frisiga ta’mni yaxshilovchi va rang beruvchi moddalarni qo‘shadi, deya xabar bermoqda The Daily Mirror. “Fastfud” turiga kiruvchi ushbu taomni tayyorlash jarayoni Amerikaning Discovery telekanalida fosh qilindi. Mythbusters ko‘rsatuvi muxbiri “Makdonalds” ruxsati bilan ushbu tarmoq tamaddixonalari uchun kartoshka-fri ishlab chiqaruvchi fabrikaga tashrif buyurdi. Tashrif davomida somoncha shaklida to‘g‘ralgan xom kartoshka qovurilganda tillarang olishi uchun dastlab dekstroz (tabiiy shirin ta’m beruvchi modda)ga botirilishi aniqlandi. So‘ng yarim tayyor mahsulot fabrikadan restoranga yetib borguniga qadar o‘z rangini saqlab qolishi uchun unga natriy pirofosfati (organik bo‘lmagan oziq-ovqat qo‘shimchasi) qo‘shiladi. To‘g‘ralgan kartoshka chala qovurib olinadi va muzlatiladi. Discovery muxbiri eslatishicha, “Makdonalds” uni faqat kartoshka, o‘simlik yog‘i va tuzdan iborat sodda va tabiiy taom sifatida tavsiflaydi. Манба:Daryo.uz | |
Категория: Новости мира | |
Всего комментариев: 0 | |