Главная » 2015 » Yanvar » 18 » Manzura o‘zining milliylik ruhida tayyorlangan yangi fotoalbomini taqdim etdi (foto)
17:22
Manzura o‘zining milliylik ruhida tayyorlangan yangi fotoalbomini taqdim etdi (foto)

Shu kunlarda ilk yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Manzura muxlislar uchun taqdim etilajak tuhfalarni namoyish etishni boshlamoqda, deb xabar beradi Popcorn.uz.

Bu ijodiy tuhfalar orasida Manzura o‘zining konsert oldi tayyorlangan yangi fotosuratlarini havola etdi.

Milliylik ruhidagi suratlarda Manzuraning antiqa aksessuarlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu suratlarning ayrimlari xonanda tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilganida muxlislar a’lo baho berdi.

Eng asosiysi, Manzuraning yangi albomi ham muxlislar uchun taqdim etildi. Bu to‘plamdan 53 ta qo‘shiq – eng yorqin duetlar, xit taronalar va rus tilidagi sara qo‘shiqlar joy olgan. Albomdan, shuningdek, bonus sifatida 4 ta klip ham o‘rin olgan. Endilikda bu albomni shahar do‘konlaridan xarid qilish mumkin.

Манба:Daryo.uz

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]