Главная » 2015 » Yanvar » 17 » Marsda 12 yil avval yo‘qolgan qurilma topildi
14:59
Marsda 12 yil avval yo‘qolgan qurilma topildi

NASA mutaxassislari HiRise kamerasi yordamida Marsda 2003-yil 25-dekabr kuni yo‘qolib qolgan “Bigl-2” kosmik qurilmasini topdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Avvalroq qizil sayyorada hayot belgilarini qidirish uchun jo‘natilgan modul qo‘nish chog‘ida halokatga uchragani taxmin etilgan edi. Endi uning dastlab rejalashtirilgan maydondan olti kilometr nariroqqa muvaffaqiyatli qo‘ngani ma’lum bo‘ldi.

Biroq quyosh panellarini ochuvchi motorda nosozlik yuzaga kelib, ular ochilmay qolgan va radioantennalar ham ishlamagan. Shu tariqa, Yer bilan aloqa yo‘qolgan.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]