18:58 Mobil qurilmalarni zaryadlash uchun foydalaniladigan kamar yaratildi | |
Nifty kompaniyasi mobil qurilmalarning batareyasini quvvatlash uchun foydalaniladigan kamar ixtiro qildi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi. Ushbu kamar XOO deb nomlanib, o‘zida 2100 mA·soat quvvatni jamlay oladi va uni to‘liq quvvatlash uchun 3 soat vaqt kerak bo‘ladi. Xuddi shundek, u mobil qurilmalarni zaryadlash uchun ham uch soat vaqt sarflaydi. XOO kamari microUSB va Apple mahsulotlarining Lightening kabellari yordamida mobil qurilmalarni zaryadlaydi. Unda beshta diod chiroqlari mavjud va ulardan XOO kamarida qancha quvvat qolganini ko‘rib turish mumkin. Bu kamar odatiylaridan hech qanday farq qilmaydi, uni taqib yurish va mobil qurilmalarni zaryadlash paytida uni yechib olish shart emas. U 155 dollardan sotilishi kutilmoqda. Shu paytgacha smartfonlarga qo‘shimcha quvvat beruvchi qurilmalar, g‘iloflar mavjud edi. Ammo ularni cho‘ntakda olib yurish noqulay va ular har doim ham yoningizda bo‘lmaydi. XOO kamari esa har doim belingizda bo‘ladi. Shu bois u ko‘proq foydaliroq mahsulot hisoblanadi. Manba: daryo.uz
| |
Категория: Интересные факты | |
Всего комментариев: 1 | |
| |