Главная » 2015 » Fevral » 20 » Munisa Rizayeva: Qo‘limni so‘ragan yigit mendan olti yoshga kichikligi uchun boshim qotgan
11:15
Munisa Rizayeva: Qo‘limni so‘ragan yigit mendan olti yoshga kichikligi uchun boshim qotgan

14-fevral kechqurun “Bazilik” restoranida keng omma va hamkasblari oldida Munisa Rizayevani rasman qo‘lini so‘rashdi, deb yozadi “Sayyod.com”. Xonanda tegishli suratlarni Instagram’ga qo‘ygani qayd etilgan.

“Sayyod.com” sayti Munisa Rizayevaning o‘zi bilan bog‘lanib, bu masalaga oydinlik kiritganini ma’lum qilgan.

− Qo‘limni so‘rashlar ko‘p bo‘lmoqda (kuladi). Shu kuni uzuk hadya qilib qo‘limni so‘ragan yigit 1992-yilda tug‘ilgan va mendan 6 yosh kichik. Sevib qolibdi. 14-fevral kuni dugonalarim bilan ‘Bazilik’ restoraniga xizmatlardan so‘ng ovqatlangani kelgandik, shaxsan men uchun Valentin bayrami yo‘q. Birdan shu yigit gullar ko‘targanicha kirib kelib, tiz cho‘kib she’r o‘qib uzuk hadya qildi. Olmayman desam, meni sharmanda qilma deb qo‘ymadi. Mayli, ota-onalar gaplashishar degancha chiqib ketdim. Xullas, nima qilishni bilmay boshib qotgancha uyga kelib, onamga aytdim. Onam esa meni erga berish fikrida. Yigit juda yosh deb onamga e’tiroz bildirdim.

− Yoshning nima farqi bor? Agar har taraflama moslik bo‘lsa, to‘g‘ri kelsa, nimasi yomon? Dunyo miqyosida qancha mashhurlarni turmush o‘rtog‘i bilan yoshidagi katta farqiga qaramay turmush qurib baxtli bo‘lganidan xabardormiz-ku.

− Yosh bola-ku, ertaga ketidan yugurib yuramanmi? Bilmasam… Menimcha, yoshi mendan katta bo‘lgani yaxshidir. Bilmadim, o‘ylayapman hozircha. Qo‘limni so‘rayotganlar ko‘p, tanlayapman.

Манба:Daryo.uz

 

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]