Главная » 2015 » Yanvar » 28 » Munisa Rizayeva: “To‘ylarda ham yuz foiz jonli ijroda kuylamoqchiman”
22:02
Munisa Rizayeva: “To‘ylarda ham yuz foiz jonli ijroda kuylamoqchiman”

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Munisa Rizayevaning cholg‘uchilar bilan jonli ijroda qo‘shiq kuylayotgani tasvirlangan lavhaga uning o‘zi izoh berib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.


“Yana jonli ijroning payiga tushganman, — deya gap boshladi Munisa. — To‘g‘risini aytsam, endi nafaqat konsertlarda, balki to‘ylarda ham yuz foiz jonli ijroda kuylamoqchiman”.

Shuningdek, xonanda bu yil bo‘ladigan konsert dasturiga ham tayyorgarlikni boshlab yuborganini qayd etdi: “O‘tgan yilgi konsertimdan o‘zim unchalik qoniqmadim. Ma’murimning ketib qolishi, konsert oldidan meni chuv tushirishgani sabab ancha qiynaldim”.

Манба:Daryo.uz

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]