11:36 Musulmonlarning Marsga qaytmas bo‘lib uchishlari taqiqlandi | |
Yerga qaytish imkoniyatisiz Mars sayyorasiga parvoz qilish musulmonlar uchun gunoh, deb hisoblanadi. Birlashgan Arab Amirliklarining Islom va vaqflar Bosh agentligi shunday fatvo chiqardi, deya xabar qiladi Khaleej Times. Agentlik Kengashi qaroriga ko‘ra, bunday “bir tomonga” sayohat qilgan kishining Marsda yashab ketishi gumon, bu esa ma’qul ish emas. Biror “taqvoli sabab”siz bunday parvozga rozi bo‘lgan musulmon o‘z joniga qasd qilish bilan baravar ish qilgan hisoblanadi. Bu esa avf etilmas gunohdir. BAA Islom va vaqflar Bosh agentligi bu fatvoni Mars One jamg‘armasining 2022-yilda Marsga ilk parvozni amalga oshirish loyihasiga javoban e’lon qilgan. Ushbu parvoz bir tomonlama bo‘lib, unda uchadigan kolonistlar ekspeditsiyasi Yerga qaytishlari imkoni yo‘q. Mazkur loyihada ishtirok etish uchun allaqachon 500 nafarga yaqin Saudiya Arabistoni fuqarolari ariza berishgan. | |
Категория: Новости мира | |
Всего комментариев: 0 | |