16:48 Nazarboyev Obamadan Ukrainadagi vaziyatni tartibga solishda faolroq qatnashishni so‘radi | |
Qozogiston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Barak Obama bilan Ukraina janubi-sharqidagi vaziyatni muhokama qildi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua” Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatiga tayanib. “Qozog‘iston prezidenti o‘zining amerikalik hamkasbiga Ukraina masalasi bo‘yicha murosa qidirishda yanada faol bo‘lishni so‘rab murojaat qildi”, — deyiladi xabarda. Suhbat Amerika tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi. Nazarboyev suhbatdoshini uning shaxsan o‘zi Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish masalasi bilan shug‘ullanayotgani haqida xabardor qildi. “Bu Ukraina, Rossiya, Germaniya va Fransiya rahbarlari darajasidagi muzokaralar yo‘li orqali hal etilishi mumkin, deb hisoblaymiz”, — dedi u. Shu bilan birga, Qozog‘iston prezidenti “Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar Markaziy Osiyo mintaqasiga ta’sir o‘tkazayotgani”ni ta’kidladi. Манба:Daryo.uz | |
Категория: Новости мира | |
Всего комментариев: 0 | |