Главная » 2015 » Mart » 6 » O‘zbekistonda noodatiy syujetdagi film suratga olinmoqda
22:52
O‘zbekistonda noodatiy syujetdagi film suratga olinmoqda

Shu kunlarda bir guruh mahoratli kino ustalari yangi kinokartina ustida ish olib borishmoqda. Hozircha film haqidagi barcha tafsilotlar sir saqlanmoqda, faqatgina uning noodatiy syujetga egalagi oshkor etildi, deb yozadi “Popcorn.uz”.

Film suratga olish jarayonidan jo‘natilgan fotosuratlar orqali bilib olish mumkinki, kartinada bir necha mahoratli va professional aktyorlar bilan birga, yosh ijodkorlar ham mehnat qilishmoqda.

Filmning rejissyori Ozod Shams bo‘lib, kartina Anvar Adilov operatorligida suratga olinmoqda. Kartina prodyuseri Ruslan Mirzayevning aytishicha, kinoda Zarina Nizomiddinova, Alisher Usmonov, Muhammadiso Abdulxairov bosh rollarni talqin qilishgan.

Shuningdek, kartinada Murod Rajabov, Umid Iskandarov, Sitora Alimjonova, Oydin Yusupova, Zuhra Soliyeva, Rajab Adashev, Aziza Begmatova kabi aktyorlarni ham ko‘rishingiz mumkin.

Манба:Daryo.uz

 

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]