Главная » 2015 » Fevral » 19 » O‘zbekistonlik san’atkorlarning aka-uka va opa-singillarini taniysizmi?
21:41
O‘zbekistonlik san’atkorlarning aka-uka va opa-singillarini taniysizmi?

Shohruhxon va Muhammadali Yo‘ldoshevlar

Shohruhxonning ukasi ko‘pgina filmlarda suratga tushib, tanilishga ulgurgan.

Bugun o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram’ga joylagan suratlari orqali ularning qardoshlari — aka-uka va opa-singillari bilan tanishtirmoqchimiz.

Lola, Anora va Asal Yo‘ldoshevalar

Lolaning katta singlisi Anora bir necha yillar avval radioboshlovchi bo‘lib faoliyat yuritgan. Hozirda oilali.

Lolaning kichik singlisi Asal esa opasining ketma-ket ikkita klipida bosh rolni o‘ynagach, tanildi. Biroq undan keyin shou-biznesda boshqa ko‘rinish bermadi.

Ziyoda va Aziza Qobilovalar

Ziyodaning singlisi Aziza opasi izidan borib, san’at sohasini tanladi.

Munisa va Karima Rizayevalar

Munisa Rizayevaning singlisi ham opasining ijodida ishtirok etib ko‘rdi — uning kliplaridan birida rol o‘ynadi.

Umid va Muhammadali Iskandarovlar

Umid aktyor sifatida, Muhammadali esa klipmeyker sifatida ko‘proq taniqli.

Rayhon G‘aniyeva va Nasiba Shokirova

Rayhonning singlisi Nasiba opasining “Ne bo‘lar” qo‘shig‘iga ishlangan klipda ko‘rinish bergan.

Lola, Shahlo va Abbos Ahmedovlar

Lola Ahmedovaning singlisi Shahlo O‘zbekistondagi qo‘shiq tanlovlaridan birida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tanilishga ulgurgan.

Abbos Ahmedov esa Lola Ahmedovaning ukasi, Shahloning akasi.

Tuzatish: Qo‘shiqchi Gulasal Ziyodaning singlisi deb tanishtirilishi bilan bog‘liq xato to‘g‘rilandi. Aslida, Ziyodaning singlisi — Aziza Qobilova.

Манба:Daryo.uz

 

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]