Главная » 2015 » Yanvar » 28 » O‘zbekistonlik yulduzlar qishning qorli kunlarini qanday o‘tkazmoqda?
19:59
O‘zbekistonlik yulduzlar qishning qorli kunlarini qanday o‘tkazmoqda?

Qo‘shiqchi Shahzoda va aktrisa Gulchehra Eshonqulova esa birgalikda MY5 kanalidagi ko‘rsatuvni suratga olish ishlarini tugatib, endi unga ovoz berish jarayonida ishtirok etmoqda.

Qishning qorli, izg‘irin kunlarida kishi ko‘chaga chiqishga ham erinadi. Bunday paytlarda issiqqina uyda qaynoqqina choy ichib o‘tirishga nima yetsin? Biz yulduzlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ularning nima bilan bandligini kuzatdik. Xo‘sh, ular ham havo sovuqligini pesh qilib, uyda o‘tiribdimi yoki qizg‘in ijod bilan mashg‘ulmi?

Munisa Rizayeva shu kunlarda “Shadozi” to‘y liboslari saloni uchun uyushtirilayotgan fotosessiya bilan band.

Xonanda fotosessiyadan ortib, radiolarga intervyu berishga ham ulgurmoqda.

Aktyor Yigitali Mamajonov Instagram’iga ayni paytda Moskvada ekanligidan darak beruvchi suratlarni joylamoqda. Tashrifi maqsadiga oydinlik kiritmadi.

Sobiq “Setora” guruhi a’zosi Laylo ham MY5 kanali ko‘rstuvlarida faol ishtirok etmoqda. U o‘z sahifasiga “Top dizayner” dasturidan fotosuratlarni joyladi.

 

Xonanda Nilufar Usmonova shu kunlarda ijod va xizmat bilan band emasligini, bor vaqtini o‘zi va oilasiga sarflayotganligini qayd etdi hamda buning isboti sifatida farzandlari davrasida tushgan suratini e’lon qildi.

Ulug‘bek Rahmatullayev esa, aksincha ijodga sho‘ng‘ib ketgan. U o‘zining “Yoshlik qaytmaydi” qo‘shig‘iga klip ishlamoqda.

Manzura ham Instagram’iga ijod ishlari bilan bandligidan darak beruvchi suratlarni joylamoqda. Ulardan birida xonandaning konsert uchun raqs harakatlarini o‘rganayotganligini ko‘rish mumkin.

 

 

 

 

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]