Главная » 2014 » Dekabr » 19 » Obama hafta oxirigacha Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqidagi qonunni imzolashi mumkin
08:00
Obama hafta oxirigacha Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqidagi qonunni imzolashi mumkin

AQSh prezidenti Barak Obama shu hafta oxirigacha Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqidagi qonunni imzolashi mumkin, deya xabar bermoqda “RBK” Oq uy rasmiy vakili Josh Ernestga tayanib.

Hujjat Amerika prezidentiga Rossiyaga nisbatan yangi cheklov choralarini qo‘llash huquqini taqdim etish bilan birga, Ukrainaga harbiy ko‘mak berishni nazarda tutadi.

“Hujjat hafta oxirigacha imzolanishiga umid qilaman”, — dedi Ernest. U shuningdek, agar Moskva Ukrainadagi tanglikni tartibga solish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni bajarsa, AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qaytarib olishga tayyorligini qo‘shimcha qildi. “Biroq hozircha biz buni ko‘rmayapmiz”, — dedi u.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]