18:54 Obama Shukronalik kuni uchun keltirilgan kurkalarni “avf etdi” | |
AQSh prezidenti Barak Obama Shukronalik kuni uchun Oq uyga keltirilgan kurkalarni “avf etib”, ularning hayotini saqlab qoldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”. Marosim vaqtida Obama har yili u sovg‘a qilingan parrandalarni qutqarishiga to‘g‘ri kelishini bildirdi. Biroq bundan zavq olishini ham ma’lum qildi. Prezident ba’zilar buni amnitsiya deb atashidan xabardorligini ham aytib o‘tgan. Kurka ishlab chiqaruvchilar milliy uyushmasi rahbari Geri Kuper tomonidan sovg‘a qilingan Mak va Chiz laqabli ikki kurka endi 1918−1922-yillarda Virjiniya shtati gubernatori bo‘lgan Uestmorlend Devisning qarorgohida yashashi belgilangan. Qayd etilishicha, Obama o‘tgan yilda ham ikkita kurkani “avf etgan”. Манба:Daryo.uz | |
Категория: Новости мира | |
Всего комментариев: 0 | |